Maxfiylik siyosati
TestMarket mobil ilovasi va testmarket.uz platformasi (avvalgi manzil: test.kidopath.uz). Kuchga kirgan sana: 2026-11-14.
TestMarket — o'quv markazlari va maktablar uchun test javob varaqalarini telefon kamerasi bilan tekshirish xizmati. Ilovadan markaz bergan hisob bilan ustozlar foydalanadi. O'quvchilar ro'yxatini markaz kiritadi.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
| Ma'lumot | Kimniki | Nima uchun |
|---|---|---|
| Ism, telefon raqami, parol (shifrlangan holda) | Ustoz | Ilovaga kirish, natijani kim tekshirganini ko'rsatish |
| Ism-familiya, sinf, o'quvchi ID si | O'quvchi (markaz kiritadi) | Natijani to'g'ri o'quvchiga yozish |
| Javob varag'i rasmi, javoblar, ball | O'quvchi | Varaqni tekshirish va natijani saqlash |
| Qurilma modeli, tizim va ilova versiyasi, qurilmaning tasodifiy ID si | Ustoz qurilmasi | Markaz admini ustoz qaysi qurilmada ulanganini ko'rishi va kerak bo'lsa uzishi uchun |
Kamera faqat javob varag'ini suratga olish uchun ishlatiladi. Ilova ovoz yozmaydi, joylashuvni, kontaktlarni olmaydi. Reklama yo'q. Foydalanuvchilar kuzatilmaydi (tracking), ma'lumotlar sotilmaydi.
Kim ko'radi
- Markaz — o'z ustozlari, o'quvchilari va natijalarini (admin panel orqali).
- O'quvchi yoki ota-ona — o'z natijasini natija varaqasidagi yoki test kitobchasidagi QR kod havolasi orqali. Havola taxmin qilib bo'lmaydigan uzun kod bilan himoyalangan.
- Markaz ulagan xizmatlar — markaz o'zi ulasagina: Google Sheets jadvali, EduCoin platformasi yoki markazning boshqa dasturi. To'lovni Payme qabul qiladi (karta ma'lumotlarini Test Skaner ko'rmaydi).
Ma'lumotlar boshqa hech kimga berilmaydi, qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar Test Skaner serverida saqlanadi va internet orqali faqat shifrlangan (HTTPS) ulanishda uzatiladi. Har markaz faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi. Ma'lumotlar markaz xizmatdan foydalanayotgan vaqt davomida saqlanadi.
O'chirish
Ustoz yoki o'quvchi o'z ma'lumotlarini o'chirishni markaz administratoridan so'rashi mumkin: admin panelda ustoz arxivlanadi, o'quvchi va natijalar o'chiriladi. Markaz bilan bog'lanib bo'lmasa, yordam sahifasidagi manzilga yozing — 30 kun ichida o'chiramiz.
Bolalar
Ilovadan o'qituvchilar foydalanadi. O'quvchilar ma'lumotini ta'lim muassasasi o'quv jarayoni uchun kiritadi va unga javobgar bo'ladi.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e'lon qilinadi.